SIRDARYO VILOYATI YANGIYER SHAHRIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari B.Umurzoqov boshchiligidagi Vazirlikning bir guruh xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Aholidan kelib tushgan 39 dan ortiq murojaatlarni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rildi.
Murojaat etganlardan 8 nafari doimiy ishga, 11 nafari o‘qishga yo‘llanma oldi, 5 nafariga subsidiya taqdim etildi, 5 nafar fuqaroning xorij davlatiga ishga ketish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, 4 kishiga ishsizlik nafaqasi tayinlanadi, 5 nafar murojaatchining korxonada ishlagan ish haqisini undirib berish masalalari o‘rganib chiqilmoqda, 1 kishini esa ishga joylashish bo‘yicha murojaatlari viloyat bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.