SIRDARYO VILOYATI MIRZAOBOD TUMANIDA TASHKIL ETILGAN “MEHNAT YARMARKASI”DA BAND BO‘LMAGAN AHOLI ISH BILAN TA’MINLANMOQDA

04.11.2020

Mirzaobod tumanida tashkil etilgan yarmarkada ko‘plab mahalliy aholi, band bo‘lmagan yoshlar, bitiruvchilar hamda ishsiz fuqarolar qatnashishdi. Yarmarkaga ish qidirib kelgan fuqarolar o‘zlarining qiziqishlari, mutaxassisligi va shu bo‘yicha yo‘nalishiga qarab tegishli tashkilot va korxonalarga, shuningdek, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga murojaat qilishdi hamda ro‘yxatga yozildilar.
Tumanning Navbahor tumani 6 uyda istiqomat qiluvchi Rustam Musayev mana shunday murojaatchilardan biri.

 

R.Musayev bir necha yillardan beri mavsumiy Rossiya Federasiyasiga borib, ishlab kelgan va oilaga daromadni shu orqali topgan. Pandemiya sabab xorijga chiqa olmagan va natijada ishsiz bo‘lib qolgan. Bugungi yarmarka unga ayni muddao bo‘ldi.

- Bugungi yarmarkani eshitib keldik,- deydi u.

- Ishsiz ancha qiynalib yurgandim. Bu yarmarkada men jamoatchi ishiga qabul qilishlarini so‘rab murojaat qildim. Sharoitlarini, oyliklarini menga aytishdi, ma’qul bo‘ldi. Shu yerda, oila bag‘rida ishlab ro‘zg‘or kechirganga hech narsa yetmas ekan.

Shuningdek, kasb-hunarga o‘qitish markazlarida tahsil olib, tamomlagan yoshlar va xotin-qizlar ishga joylashish bo‘yicha sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.