SIRDARYO VILOYATI GULISTON SHAHRIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

26.10.2020

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari B.Umurzoqov boshchiligidagi Vazirlikning bir guruh xodimlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Kelib tushgan 35 dan ortiq murojaatlarni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rildi.

Murojaat etganlardan 8 nafari doimiy ishga, 5 nafari o‘qishga yo‘llanma oldi, 6 nafar fuqaroga subsidiya taqdim etildi, 2 nafar murojaatchining korxonada ishlagan ish haqisini undirib berish masalalari o‘rganib chiqilmoqda, 14 kishining ishga joylashish bo‘yicha murojaatlari viloyat bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.