Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi 9-maktab o‘qituvchilari maktab direktori tomonidan majburiy mehnatga jalb qilinganligi haqida xabar https://t.me/sizdantelegram/35889 tarqaldi.
Ushbu holat Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani 9-son maktab direktori o‘qituvchilarni maktab hovlisi va atrofiga tozalash ishlariga majburiy tarzda jalb etilganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha Oqoltin tumani 9-son maktab direktoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.
‼️ Hurmatli yurtdoshlar, mehnat munosabatlariga oid murojaatlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, vazirlikning 71-200-06-00 ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qiling.