“Sho‘rtan” futbol klubida ishlovchi bir guruh xodimlarga 3-4 oydan buyon oylik ish haqi berilmaganligi bayon qilingan xabar bo‘yicha rasmiy munosabat

06.09.2021

Ijtimoiy tarmoqdagi Gʻuzorning “Sho‘rtan” futbol klubida ishlovchi bir guruh xodimlarga 3-4 oydan buyon oylik ish haqi berilmaganligi bayon qilingan xabar bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Sho‘rtan PFK da ishlovchi bir gurux ishchi xodimlarga ish xaqiga qo‘shimcha ustama pullari to‘lanishi bo‘yicha asos ya’ni normativ huquqiy hujjatlar mavjud emasligi sababli to‘lov amalga oshirilmaganligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan birlamchi o‘rganish xulosasi tuzilgan. Ayni vaqtda ish xaqlarini undirib berish choralari ko‘rilmoqda, yakuniy natijalar bo‘yicha qo‘shimcha ravishda axborot beriladi.