“Shifokorlarni qadriga yetmagan yurt!” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

23.06.2021

Ijtimoiy tarmoq orqali “Shifokorlarni qadriga yetmagan yurt!” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar https://t.me/mr_doppi/19660 bo‘yicha Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida, joriy yilning 15 iyun kuni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasi 55-sonli oilaviy poliklinikasi rahbari tomonidan 7 nafar xodimni poliklinika hududini tozalash ishlariga majburan jalb etganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1 qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.