"Shahrisabz shahridagi 7-maktabning ta’mirlash ishlariga o‘qituvchilarning jalb etilayotganligi" mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

20.10.2021

Ijtimoiy tarmoqda "Shahrisabz shahridagi 7-maktabning ta’mirlash ishlariga o‘qituvchilarning jalb etilayotganligi" bayon qilingan xabar https://t.me/c/1113981265/18129 bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida, Shahrisabz shahridagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilaridan holat yuzasidan tushuntirish xatlari olindi. O‘rganish hujjatlariga asosan, ijtimoiy tarmoqdagi o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb qilinishi o‘z tasdig‘ini topmadi.

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchiga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-moddasida majburiy mehnatning taqiqlanishi, mazkur modda talablariga rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.