Mehnat organlari xodimlariga sertifikatlar topshirildi

18.08.2021

Joriy yilning 16-17 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturi hamda Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi tomonidan tashkil qilingan "Pandemiya girdobidan munosib mehnat sari: bandlik xizmatlari uchun yangi sinovlar va imkoniyatlar" mavzusidagi amaliy seminar o‘z nihoyasiga yetdi.

Ikki kun davom etgan treninglarda ishtirokchilar o'z faoliyatlarida zarur bo'ladigan qimmatli bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

Tadbir so'ngida barcha ishtirokchilar tantanali ravishda sertifikatlar bilan taqdirlandilar.