Serbiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

04.04.2022

Serbiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Serbiyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga O‘zbekiston fuqarolari taklif etiladi.

💵 Ish haqi soatiga 3 yevrodan to‘lanadi.

✅ Fuqarolarning turar joyi va ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

📌 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

✅ 18 - 45 yoshgacha bo‘lishi;

✅ maktab, lisey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo‘lishi;

✅ rus yoki ingliz tilida muloqot qila olishi;

✅ sudlanmagan bo‘lishi.

Mazkur bo‘sh ish o‘rinlariga qiziqish bildirgan fuqarolar uchun tanlovlar vaqti va joyi:

🗓 4 aprel:

Toshkent shahri va Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlari uchun:
📍Toshkent shahri Olmazor tumani, Qamarniso 1. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi binosi.
☎️ (71) 236-30-40.

🗓 5 aprel:

Samarqand, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari uchun:
📍Samarqand shahri, Narpay ko‘chasi 7-B uy, "Ishga marhamat" monomarkazi.
Mo‘ljal: Kimyogarlar qo‘rg‘oni
☎️ (66) 233-24-00, (66) 233-53-00.

🗓 7 aprel:

Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun:
📍Urganch shahri, Baynalmilalchi ko‘ch., 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ (62) 229-19-96.

❗️Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan fuqarolar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarning elektron shaklini olib kelishi shart:

✅ Xorijga chiqish pasporti skaner varianti;

✅ 3,5x4,5 hajmdagi fotosuratning elektron shakli.