Senatda Ichki Ishlar Vazirligining 2023-yilda huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning profilaktikasi borasida tegishli vazirlik va idoralar bilan olib borgan hamkorlikdagi ishlari yuzasidan axboroti eshitildi.

28.02.2024

Bugun,  Senatda bo‘lib o‘tgan  Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida Ichki Ishlar Vazirligining 2023-yilda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi borasida tegishli vazirlik va idoralar bilan olib borgan hamkorlikdagi ishlari yuzasidan axboroti eshitildi.


Unda IIVning  Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qilgani natijasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj 6 634 nafar xotin-qizlarning ishga joylashtirilganligi alohida ta'kidlandi.

Shunigdek, tadbirda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas'uli ham Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan fuqarolarning bandligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi loyihalar haqida hisobot berdi.



Unga ko‘ra, 2023-yil yanvar-dekabr oylari davomida Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar soni jami 8 623 nafarni tashkil etgan, suhbat o‘tkazilganda ularning 386 nafari mehnatga layoqatsiz (68 nafari nogironlar, 110 nafari nafaqadagilar, davolanishdagilar 208 nafar), 8 237 nafari mehnatga layoqatli shaxslar ekanligi aniqlangan.

Mehnatga layoqatli shaxslarning 1 551 nafari Bandlik bo‘limlariga murojaat etgan, ularning 1 396 nafari ishga joylashtirildi (395 nafari zaxiralangan ish o‘rinlariga), 37 nafari kasbga qayta tayyorlash uchun yuborildi, 72 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 7 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi, 39 nafari turli sabablarga ko‘ra hisobdan chiqarilgan.

Mustaqil ish bilan ta’minlanganlar 5 685 nafarni tashkil etib, shundan 2 903 nafari tashkilot va korxonalarga ishga jaylashgan, 2 749 nafari norasmiy sektorda band, 33 nafari hozirda o‘quv kurslarida o‘qiyotganligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda Mehnatga layoqatli shaxslarning 18 nafari hunarmandchilik bilan band, 367 nafari o‘zini-o‘zi band qilgan, 69 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘illanmoqda, 64 nafariga yoshga doir pensiya tayinlangan, 91 nafari doimiy yashash joyidan ko‘chib ketgan, 392 nafari Bandlik bo‘limlari tomonidan taklif etilgan ish o‘rinlarni rad etgan.

Bundan tashqari, mehnat organlari tomonidan ijtimoiy muhofazaga muhtoj ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 65,7 ming ish o‘rinlari zaxiralangan bo‘lib, jazoni o‘tash muassasalaridan ozod etilgan shaxslar uchun 2 654 ta ish o‘rinlari band qilib qo‘yilgan, 2023-yil yanvar-dekabr oylari davomida 1 506 ta ish o‘rinlaridan foydalanilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentyabrda “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 450-sonli Qarori qabul qilidi. Mazkur qarorga muvofiq jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir shaxs uchun uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so‘ng bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik subsidiya berish tartibi tasdiqlangi aytib o‘tildi.

Majlisda syenatorlar tomonidan aholi o‘rtasida jinoyatchilikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash masalalariga ham e’tibor qaratildi. Bu borada tegishli tavsiyalar berildi. 

Unga ko‘ra, bundan buyon mas’ul vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar, yoshlar, ayniqsa, bandligi ta’minlanmagan yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, shuningdek, oilaviy munosabatlar tufayli sodir etilgan jinoyatlarning doimiy tahlilini yuritish orqali bunday holatlarning kelib chiqish sabablari va omillarini aniqlash hamda bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan Qo‘mitaning aniq taklif va tavsiyalari aks etgan tegishli qarori qabul qilindi.