“SAYYOR QABUL” SIRDARYO TUMANIDA
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari B.Umurzoqov boshchiligidagi Vazirlikning bir guruh xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Aholidan kelib tushgan 13 dan ortiq murojaatlarni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rildi.
Murojaat etganlardan 1 nafari doimiy ishga, 4 nafar fuqaroga subsidiya taqdim etildi, 1 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 3 nafar fuqaroga ishsizlik nafaqasi tayinlanadi, 2 nafar murojaatchining korxonada ishlagan ish haqisini undirib berish hamda ishdan noqonuniy bo‘shatilish masalalari o‘rganib chiqilmoqda, 2 kishiga esa ishga joylashish bo‘yicha murojaatlari viloyat bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.