Sayyor qabul natijasida So‘xlik 16 nafar yoshlar bandligi ta’minlandi

11.08.2021

Joriy yilning 24-iyul kuni Vazir Nozim Xusanov ishtirokida So‘xlik yoshlar bilan videokonferensaloqa shaklida muloqot bo‘lib o‘tgan edi.

Fuqarolar murojaatlari qabul qilinib, kuni kecha Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 3 nafar fuqaroga yengil konstruksiyali issiqxona va 1 nafariga sug‘orish vositasi uchun 18,5 mln.so‘mlik subsidiya mablag‘lari ajratildi.

Shuningdek, jamg‘arma hisobidan 11 nafar yoshlarga o‘zini o‘zi band qilish uchun asbob uskuna sotib olishga 43,0 mln.so‘mlik subsidiya ajratildi.

Xususan, 1 ta karcher-avtomobil yuvish vositasi, tomorqalardan unumli foydalanish uchun 4 ta motokultivator, 4 ta tikuv mashinasi, 1 ta sartaroshxona jihozlari, 1 ta kompyuter jamlanmasi olib berildi hamda 1 nafar fuqaro tashkillashtirilgan tartibda vaqtincha ishlash uchun Rossiya davlatiga yuborildi.