Sardoba, biz siz bilan!

03.05.2020

Joriy yilning 1-may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘oni devoridan suv chiqishi yuzaga keldi. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv toshgan. Toshqinlardan asosan ekin maydonlariga jiddiy zarar yetgan.

Hodisa oqibatida minglab kishilar qo‘shni hududlarga, jumladan, Jizzax viloyatiga evakuatsiya qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev voqea joyiga zudlik bilan yetib bordi va aholi bilan muloqot qildi.

Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinidan aziyat chekkanlarga yordam yubordi.

photo_2020-05-03_10-47-48

photo_2020-05-03_10-47-51

Viloyatning Sardoba aholisiga yordam ortilgan bir necha yuk mashinalari Toshkent shahridan jo‘nab ketdi. Mazkur yordam karvonida oziq-ovqat mahsulotlari, zarur iste'mol tovarlari to‘plami, yotoxona uchun jihozlar, zarur maishiy texnika vositalari mavjud.

photo_2020-05-03_11-51-08

photo_2020-05-03_11-51-33

Mamlakatimizda COVID-19 pandemiyasi tufayli xalqimiz boshidan kechirayotgan murakkab davrda Sirdaryo viloyati aholisi yana bir sinovga duch keldi. Birdamlikda, birgalikda Sardoba aholisini hyech qanday yo‘qotishlarsiz olib chiqib keta olamiz.

Sardoba, biz siz bilan!

photo_2020-05-03_11-51-43

photo_2020-05-03_11-52-14