Samarqand viloyatidagi holat yuzasidan rasmiy munosabat

25.06.2021

Ijtimoiy tarmoq orqali maktab o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb qilinayotganligi bo‘yicha e’lon qilingan xabar https://t.me/sizdantelegram/33827 yuzasidan Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida, Nurobod tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2021 yil 17 iyun kuni “Pedogogik mahorat va o‘qituvchilar kompetentligi” mavzusidagi mahorat darsida maktabning pedagog va boshqa xodimlari ixtiyoriy ravishda qatnashganligi aniqlandi.

Shuningdek, holat bo‘yicha Samarqand viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xududiy markazi kafedrasi mudiri, Paxtachi tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Paxtachi tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori hamda Nurobod tumani 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlari va xodimlaridan tushuntirish xatlari olindi.