Samarqand viloyatida aholi bandligiga tegishli keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda
Mazkur hududlarda istiqomat qiladigan 2.5 mingga yaqin fuqaroga 1 milliard 200 mln so‘m miqdordagi subsidiya issiqhona o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chat, sug‘orish vositalarini sotib olish hamda o‘rnatish, shuningdek jamoatchilik ishlariga jalb etish uchun ajratib berildi.
Shu bilan bir qatorda, mazkur tumanlarda tashkil etilgan kooperativlar orqali aholi bandligi ta'minlanib, kambag‘allikni kamaytirish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, Payariq tumanida uzum-meva yetishtirishga ixtisoslashtirilgan kooperativda 31 nafar fuqaroga 1 ga dan yer maydoni ajratilgan.
Ishtixon tumanidagi kooperativning 14 ga yer maydonida 70 nafar fuqaro urug‘lik-meva ko‘chatlari ekish ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
Shuningdek, Kattaqurg‘on tumanida 15 ga yer maydonida tashkil etilgan kooperativda 60 nafar ishsiz fuqaro qulupnay yetishtirish bilan band qilingan.