SAMARQAND VILOYATI TOYLOQ TUMANIDAGI 1-SON KASB-HUNAR MAKTABIDA O‘TKAZILGAN “BO‘Sh ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI”
Toyloq tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Unda tumandagi ishsiz fuqarolar, oliy va o‘rta maxsus taʼlimi bitiruvchilari, harbiy xizmatni tamomlaganlar, uyushmagan yoshlar va ishsiz xotin-qizlar qatnashdilar.
Mehnat yarmarkasida tumandagi 75 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi 250 ga yaqin bo‘sh (vakant) hamda kvota ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
O‘zlariga maqul keladigan ish qidirib, kelgusida o‘z kasblari bo‘yicha ish o‘rniga ega bo‘lish maqsadida ishtirok etgan 12 nafar band bo‘lmagan fuqaro ishga joylashtirildi.
“Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”da qatnashgan 15 nafar murojaatchiga tushuntirish hamda maslahatlar berildi.