Samarqand viloyati Samarqand shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yangi ma’muriy binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

31.12.2020

Prezidentimizning aholi bandligi sohasida olib borayotgan siyosatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Samarqand shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yangi ma’muriy binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ishtirokchilarni Yangi yil bayrami kuni bilan tabriklab, ushbu bino Samarqand shahar aholisiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish uchun barcha jihozlar va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganligini, shuningdek, zamonaviy qulayliklarga ega ekanligini, murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi uchun markaz tomonidan yetarlicha harakatlar amalga oshirilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdilar.