SAMARQAND VILOYATI PAXTACHI TUMANIDA O‘TKAZILGAN “BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI”

10.11.2020

Samarqand viloyati Paxtachi tumani M.Salimiy mahallasida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Unda tumandagi ishsiz fuqarolar, oliy va o‘rta maxsus taʼlimi bitiruvchilari, harbiy xizmatni tamomlaganlar, uyushmagan yoshlar va ishsiz xotin-qizlar qatnashdilar.

Mehnat yarmarkasida tumandagi 49 ta korxona va tashkilot o‘zlaridagi mavjud 260 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

O‘zlariga ish qidirib, kelgusida o‘z kasblari bo‘yicha ish o‘rniga ega bo‘lish maqsadida ishtirok etgan 36 nafar fuqarodan, 26 nafariga ishga joylashish bo‘yicha yullanmalar berildi. Qolgan 10 nafar murojaatchiga esa turli sohalarga ishga joylashish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.