SAMARQAND VILOYATI KATTAQO‘RG‘ON SHAHRIDA JOYLASHGAN KASB-HUNARGA O‘QITISH MARKAZIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan kasb-hunarga o‘qitish markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘quv markazni jami 17 ta yo‘nalishda ochish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda 9 ta yo‘nalishda 212 nafar o‘quvchiga taʼlim berilmoqda:
* Tikuvchi 65 nafar;
* Ayollar sartaroshi 16 nafar;
* Erkaklar sartaroshi 9 nafar;
* Kompyuter IT, Web sayt 42 nafar;
* Elektrik 10 nafar;
* Oshpaz-qandolatchi 26 nafar;
* Mebel ustasi 10 nafar;
* Maishiy xizmat va mobil qurilmalarni taʼmirlovchi usta 10 nafar;
* Payvandlovchi (Elektr-gaz, argon) sohasida 24 nafar.