Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat Rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 3-majlisi bo'lib o'tdi.
Samarqand shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat Rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 3-majlisi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Mehnat va bandlik bo‘yicha Federal xizmati o‘rtasida mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish sohasida anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi.
Unga muvofiq, mehnat migrantlariga haq to‘lash, mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish, mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha axborot hamda maslahat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati darajasini oshirish, shu jumladan elektron xizmatlarni rivojlantirish va boshqa sohalarda hamkorlikni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.