Samarqand hududiy elektr tarmoqlari aksionerlik jamiyati xodimlarini yangi tayinlangan rahbar Gʻ.Mamatqulov tomonidan ommaviy tarzda hech bir ogohlantirishlarsiz asossiz ravishda ishdan bo‘shatib yuborilayotganligi
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoq orqali Samarqand hududiy elektr tarmoqlari aksionerlik jamiyati xodimlarini yangi tayinlangan rahbar Gʻ.Mamatqulov tomonidan ommaviy tarzda hech bir ogohlantirishlarsiz asossiz ravishda ishdan bo‘shatib yuborilayotganligi bayon qilingan video xabar tarqalgan edi. (https://kun.uz/news/2021/11/25/samarqand-hududiy-elektr-tarmoqlari-ajning-yangi-boshligi-xodimlarni-ogohlantirmasdan-yoppasiga-ishdan-boshatayotgani-aytildi)
Ushbu murojjatni o‘rganish maqsadida Samarqand viloyati xokimi o‘rinbosari tomonidan ishchi gurux tasdiqlangan, bunda viloyat xokimligi mas’ul xodimi, Samarqand viloyati Davlat mexnat inspeksiyasi, kasaba uyushmalari federasiyasi viloyat kengashi xodimlari tomonidan joriy yilning 19 noyabr kuni “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” AJga borib, jamiyatning vakillari hamda murojaat yo‘llagan xodimlar ishtirokida o‘rganish o‘tkazilgan.
O‘rganish davomida, jamiyat direktori M.Gʻ tomonidan 2021 yilning
7 oktyabr kuni №208-sonli buyruq bilan jamiyatning xodimlari Z.S, A.A, S.M, F.R, X.X, O.F, A.Flar bilan Mexnat Kodeksining 100-moddasi
2-qismining 4-bandi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi aniqlandi.
Mazkur holatda, Mexnat kodeksining 102 va 108 moddalari talablari buzilgan.
Shu bilan birga, xabarlarda keltirilgan fuqarolar Sh.X hamda X.Mlar jamiyatda ishlamasligi va ular bilan mehnat shartnomasi tuzilmaganligi aniqlandi.
Murojaat mualliflari o‘z tushuntirish xatlarida mazkur holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda video xabar tarqatilishidan oldin, ya’ni 2021 yilning 12 oktyabr kuni Samarqand shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudiga ishga tiklash yuzasidan da’vo arizalari kiritganliklari va sud ishi joriy yilning 9 dekabr kuniga belgilanganligini ma’lum qilishdi.