Rossiyadagi mehnat migrantlari muammolari o‘rganilmoqda

13.04.2021

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muhitdinov boshchiligidagi ishchi guruh Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining yashash va ish sharoitlarini o‘rganish maqsadida ayni kunlarda Moskva shahriga safar uyushtirdi.

O‘rganishlar davomida “Texstroy” kompaniyasi rahbariyati va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas’ul xodimlari O‘zbekistondan ushbu kompaniyaning qurilish ob’yektlariga tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketgan fuqarolar yotoqxonasiga borib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishib, ish beruvchilar bilan muloqot o‘tkazdi. Shu bilan bir qatorda Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud imkoniyat va imtiyozlardan foydalanish haqida ham batafsil ma’lumot berildi. 

O‘zbekistonlik mehnat migrantlari tomonidan bildirilayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha ish beruvchilar bilan birga o‘rganish ishlari davom etmoqda.