Rossiya ish beruvchilari Qoraqolpog‘istonda bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkazmoqda
19.11.2021
Rossiya ish beruvchilari Qoraqolpog‘istonda bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkazmoqda
Bugun, 19 noyabr kuni Nukus shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Rossiya Federasiyasi ish beruvchilari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.
Qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Mamlakatimiz fuqarolarini Rossiya Federasiyasiga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlovda nomzodlar kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko‘ra suhbat asosida ish beruvchi vakillari tomonidan tanlab olinmoqda.