ROMITANDA MEHNAT YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI
Romitan tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, shuningdek, harbiy xizmatdan qaytgan, probasiya hisobida turib jazo muddatini o‘tayotgan fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etdi.
Unda 30 ta korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi 595 ta bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qildi
Tumandagi yirik sanoat korxonasi hisoblangan "WBM Romitex" MCHJ korxonasiga shu kunning o‘zidayoq 55 nafar xotin-qizlarga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.
Shuningdek, yaramarkada qatnashgan ishsiz fuqarolarning 29 nafari tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga, agrotexnologiyalar texnikumi, "Barkamol avlod" bolalar maktabi, "Shaxi Shabboda" MCHJ, "Vatanparvar" tashkiloti, tuman tibbiyot birlashmasi va boshqa tashkilotlarga ishga kirish istagi borligini bildirdi va ishga kirish uchun ro‘yxatga olindi.
45 nafar ishsiz fuqarolar kasb-hunar o‘rganish uchun kasb-hunar maktablariga yo‘l oldi. 54 nafar ishsizlar esa jamoa ishlariga jalb etildi. 3 nafar ishsiz yoshlar "Mehnat inspektori"ga yordamchi inspektor vazifasiga ishga joylashtirildi.