“Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi vakillari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida bo‘ldi

28.01.2020

2020-yil 28-yanvar kuni “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi vakillari - Bennet Friman, Elison Gill, Patrishiya Djurevich, Rudi Porter Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bo‘lib, Mehnat vaziri N.Xusanov boshchiligidagi mas'ullar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda majburiy mehnatga to‘liq barham berish 2019-yil uchun  ustuvor vazifalardan etib belgilanganligi, shu sababdan yil davomida ayni yo‘nalishda yangi mexanizm va tizim asosida ishlar olib borilgani qayd etildi.

коттон1

O‘tgan yil davomida Bandlik va mehnat munosabatlari Davlat mehnat inspeksiyasi fuqarolar bilan qayta aloqa tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida murojaat kanallari (1176 qisqa raqamli ishonch telefoni, “www.dmi.mehnat.uz” sayti, @mehnathuquqbot telegram boti)ni yo‘lga qo‘ygani e'tirof etildi.

коттон3

Shuningdek uchrashuvda  2019-yilda paxta terimi mavsumida  O‘zbekistonda  amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan ma'lumot berildi. Olib borilgan tizimli ishlar natijasida aybdorlar, ayniqsa mansabdor shaxslarga qat'iy jazo choralari ko‘rilgani bayon qilindi.  

коттон2

Mazkur jarayonlarning shaffofligini ta'minlash maqsadida paxta mavsumida majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning “Uchinchi tomon monitoringi” mutaxassislari va huquq himoyachilari bilan majburiy mehnat holatlarini o‘rganish va monitoring qilish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani xususida ma'lumot berildi.

Eslatib o‘tamiz, koalitsiya vakillari 6 fevralga qadar qator vazirlik va idora rahbarlari bilan uchrashadi.