Rasmiy munosabat Qarshi shahar bank mintaqaviy filialida ishlovchi xodim

24.11.2021

 Ijtimoiy tarmoqda "Qarshi shahar bank mintaqaviy filialida ishlovchi xodimning viloyat xokimligi tomonidan suhbatdan o‘tkazilib xokim yordamchisi vazifasiga Qarshi shahridan 100 km uzokliqda joylashgan Mirishkor tumaniga yuborilayotganligi" mazmunidagi хабар (https://t.me/shokirjonov/3111) bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qiskartirish masalalari bo‘yicha xokim yordamchisi lavozimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori loyihasiga binoan, har bir mahallada tashkil etilishi ko‘zda tutilgan “hokim yordamchisi” lavozimiga nomzodlarni ixtiyoriylik asosida tanlash va ularni suxbatdan o‘tkazilishi jarayonlari olib borilayotganligi, ayni vaqtda suhbatdan o‘tgan nomzodlar rasmiy farmoyish yoki buyruq asosida lavozimga tayinlanmaganligi aniqlandi.