Rasmiy munosabat: “Majlisga chiqib ketgan, tushsinla ko‘radi”. Inson xayotidan ko‘ra, majlis muhim.
Ijtimoiy tarmoqda “Majlisga chiqib ketgan, tushsinla ko‘radi”. Inson xayotidan ko‘ra, majlis muhim. “Doktorlar” baribir sizlarni tekshiradigan hech bir “Organ” xodimlari yo‘qku” mazmunidagi хабар (https://t.me/elmurodblog/8748) bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Mazkur habarda qayd etilgan Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasining Ginekologiya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan bemor fuqaroni qabul qilish yoki qilmaslik jarayonida mehnat munosabatlarining buzilish holatlari mavjud emasligi hamda ushbu sodir etilgan holat bandlik vakolatiga taalluqli emasligi sababli, tegishliligi bo‘yicha vakolatli organga yuborish lozim bo‘ladi.