Raqamli texnologiyalar yordamida kadrlar zaxirasini shakllantirilmoqda

15.06.2020

Raqamli texnologiyalardan foydalanish, bu sohani barcha jabhada qo‘llash amaliyoti bugungi kunning muhim talablaridan biridir. Shu maqsadda joriy yilning may oyida ish beruvchi va nomzodlar o‘rtasida masofaviy video suhbatni o‘tkazish bo‘yicha namunaviy tartib asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi kasb-hunarga o‘qitish markazlariga direktor tayinlash uchun onlayn suhbat tashkil etildi. Tanlov jarayonida nomzodning mehnat faoliyati, lavozim vazifalarini yaxshi bilishi, shuningdek, lavozimga tayinlanganidan keyin kasb-hunarga o‘qitish markazida lavozimga tayinlangandan so‘ng istiqboldagi rejalari yuzasidan bildirgan fikrlariga alohida e’tibor qaratildi. Suhbat shaklida tashkil etilgan tanlov natijasiga ko‘ra, 13 nafar nomzoddan 8 nafari tavsiya etilgan lavozimga saralab olindi va direktorlik lavozimiga tavsiya etildi.

Qayd etish joizki, bu kabi tajribalar raqamli texnologiyalar yordamida kadrlar zaxirasini shakllantirish amalga oshirilishi, kelajakda har qanday sharoitda qulay bo‘lishi shubhasiz.