Qozog‘iston delegati Axmadi Sarmasov bilan mehnat sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

15.04.2019

2019-yil 14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Qozog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining Mehnat, ijtimoiy himoya va migratsiya qo‘mitasi raisi Axmadi Sarmasov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘iston delegatini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov boshchiligidagi vazirlik mas'ullari kutib oldi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida “Qozog‘iston Respublikasida mehnat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari hisoblangan muhojirlar hamda O‘zbekiston Respublikasida mehnat qiluvchi Qozog‘iston fuqarolari hisoblangan muhojirlar mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” bitimni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, O‘zbekiston va Qozog‘iston Mehnat vazirliklari o‘rtasida imzolanishi kutilayotgan hamkorlik Memorandumi loyihasi, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining Mehnat, ijtimoiy himoya va migratsiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida Ma'lumotlar almashish to‘g‘risida bitimni muhokama qilishdi. Muhokama jarayonida hamkorlik hujjatlarining me'yoriy-huquqiy tomonlari ko‘rib chiqilib, tegishli taklif va tavsiyalar kiritildi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar mehnat migratsiyasi va mehnat muhofazasiga oid ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida kelishib oldilar.

1 (5)

3 (6)

2 (5)