QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASINING CHIMBOY TUMANIDA BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRI O‘RINBOSARI N.YAKUBOV ISHTIROKIDA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

14.10.2020

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanidagi 9 ta MFY va OFY (Qizil uzaq, Kamish ariq, Baxtli, Pashentau, Tazgara, Toza yul, Obod makon, Qora ko‘l, Qonshi)da Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari N.Yakubov ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, aholi muammolari va ularni qiynab kelayotgan masalalar o‘rganildi. Suhbat davomida aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari bo‘yicha mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Xususan, tumandagi “Qora ko'l” MFYda hunarmandlar bilan uchrashib, 50 ta ishsiz va kam ta’minlangan fuqarolarni jalb qilgan holda milliy liboslar va bezaklar tikish bo‘yicha kooperativ tashkil etishga qaror qilindi.
Shu bilan birga Chimboy tumanida “Temir daftar”ga kiritilgan ishsiz va mehnat migrasiyasidan qaytgan 130 ta fuqarolarni jalb qilib, 48,1 ga maydonda meva sabzavotlarni yetishtirishga mo‘ljallangan 3 ta kooperativ tashkil etildi.