Qoraqalpog‘iston Respublikasining chekka tumanlarida aholi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinmoqda

29.04.2020

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanida aprel oyida 682 nafar aholi jamoat ishlariga jalb qilinib, ularning ish haqi to‘lovi uchun Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 498,9 mln so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining 111.5 mln so‘m subsidiya mablag‘lari hisobidan 45,3 gektarli kooperativ tashkil etilib, 50 nafar ishsiz fuqaro jalb etildi. 49 ta kam daromadli oilaga yengil tipdagi issiqxona qurishi, shaxsiy va dala tomorqasida ekishga urug‘, ko‘chat va sug‘orish vositalarini xarid qilishi uchun 81,2 mln.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.

photo_2020-04-29_04-51-09

Joriy yilning 28-aprel kuni sohada bajarilgan ishlarni o‘rganish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov Amudaryo tumanida bo‘ldi.
 
Tashrif davomida “Amudaryo TEX” MChJ faoliyati bilan tanishdi. U yerda 30 nafar fuqarolarni kasbga qayta tayyorlab ishga joylashtirish uchun subsidiya ajratilishi kelishib olindi.
 
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kam daromadli aholi tomorqalarida
tashkil etilgan issiqxonalar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, Tosh yop mahallasida yashovchi Azodboy Atashev xonadonidagi 2 sotix yerda qurilgan issiqxonalarning holati bilan tanishildi.

photo_2020-04-29_05-04-20

Shuningdek, tumandagi qator sanoat korxonalarida bo‘lib, ularning faoliyati bilan tanishildi. Korxonalarda aholi bandligini ta'minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama etildi. Jumladan, band bo‘lmagan aholini haq to‘lanadigan jamaot ishlariga jalb etish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish masalalari o‘rtaga tashlandi. Bu yerda yana 100 ga yaqin fuqarolarning bandligi ta'minlanishi ko‘zda tutilyotganligi aytildi.

photo_2020-04-29_05-04-29