Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi bandligini ta'minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda

26.04.2020

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayni karantin va cheklovlar davrida aholi bandligini ta'minlash hamda ularning daromadlari qisqarib ketishining oldini olishda qanday amaliy choralar ko‘rilmoqda? Mazkur masalalarni o‘rganish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov ushbu hududda olib borilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.

photo_2020-04-26_00-59-12

Joriy yilning 25-aprel kuni To‘rtko‘l tumanidagi “Baraka textile Group” fabrikasi faoliyati bilan tanishdi. U yerda 100 nafar fuqaroning bandligi ta'minlandi. Shundan 50 nafar ishchiga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan subsidiya, 30 nafar ishchiga Jamoat ishlari jamg‘armasidan mablag‘lar ajratildi.

photo_2020-04-26_00-59-40

Bundan tashqari, “Sahovat va ko‘mak” umummilliy harakati doirasida “To‘rtkul shisha idishlari” MChJda 30 dan ortiq tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.