Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi
14.12.2020
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Bugun Beruniy tumani hokimi, Oliy Majlis senatorlari, sektor rahbarlari, nuroniylar, qator korxona va tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirokida markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yetarlicha shart-sharoitlarga ega mazkur binoda aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish uchun barcha qulayliklar mujassam bo‘lib, zamonaviy texnika hamda anjomlar bilan ta’minlangan.