Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

16.02.2021

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, sohadagi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri U.Saburov, vazirlikning mas’ul mutaxassislari, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘lgan anjumanda sohada olib borilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha keng tushunchalar berilib, yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.