QIRGʻIZISTON KAMBAGʻALLIKNI QISQATIRISHDA O‘ZBEKISTON TAJRIBASINI O‘RGANADI

03.11.2023

QIRGʻIZISTON KAMBAGʻALLIKNI QISQATIRISHDA O‘ZBEKISTON TAJRIBASINI O‘RGANADI

Qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining Beshkek shahrida "Kambag‘allik va tabaqalanish" Milliy rivojlanish xalqaro Forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev mazkur anjumanda "Kambag‘allikni qisqartirishda O‘zbekiston tajribasi" mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, xalqaro ekspertlar va mutaxassislarning bu borada qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob berib bordi.

Forum davomida mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish, aholining ish bilan bandligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla institutini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ijobiy natijalar aks etgan "Vatan taraqqiyoti mahalladan boshlanadi" videoroligi namoyish etildi