Qaysi holatda voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanish noqonuniy hisoblanadi va buning uchun qanday javobgarlik belgilangan?

19.06.2020

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi.

Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta'lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma'naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta'lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

Demak, mehnat qilish yoshiga to‘lmagan voyaga yetmaganlarni ishga qabul qilish va mehnatidan foydalanish voyaga yetmaganlar mehnatidan noqonuniy foydalanish hisoblanadi.

Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish ham voyaga yetmaganlar mehnatidan noqonuniy foydalanish hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 241-moddasiga ko‘ra o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog‘lig‘i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi.

13153 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 12 mayda 1954-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar ko‘tarishlari va tashishlari mumkin bo‘lgan og‘ir yuk normalarining chegarasini belgilash to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning belgilab qo‘yilgan normadan ortiq og‘ir yuk ko‘tarishlari va tashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

xvcvxcvxvxcvxcvxc

Voyaga yetmaganlar mehnatidan majburiy ravishda, ya'ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash voyaga yetmaganlar mehnatidan noqonuniy foydalanish hamda majburiy mehnat hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 491-moddasiga asosan voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 1481-moddasiga asosan voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, xuddi shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi ikkinchi qismiga asosan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan mehnatga biron-bir shaklda ma'muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jinoyat kodeksning 1482-moddasi ikkinchi qismiga asosan  voyaga yetmagan shaxsga nisbatan mehnatga biron-bir shaklda ma'muriy tarzda majburlash uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

777