Qashqadaryoda mehnat migrantlari murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

26.10.2023

Qashqadaryoda mehnat migrantlari murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ishchi guruhi tomonidan mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari muammolari o‘rganildi.

 Unda, bugungi kunda mahallalarda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar bandligini taʼminlash yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgani, hududlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirishda ko‘maklashish, tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lganlarga imtiyozli kredit mablag‘lari va ishsizlarga issiqxona qurish uchun subsidiya ajratiliayotgani haqida ma'lumot berildi.

 Sayyor qabulda ishtirok etgan 50 nafardan ziyod fuqaroni xorijiy davlatlarda qonuniy ish bilan taʼminlash masalalari yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqilib, arizalarning aksariyati joyida hal etildi.