“Qashqadaryoda ishchilaridan salkam 2 mlrd so‘m qarzdorligi bo‘lgan tashkilot xodimlari viloyat hokimligida to‘plandi” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqdagi “Qashqadaryoda ishchilaridan salkam 2 mlrd so‘m qarzdorligi bo‘lgan tashkilot xodimlari viloyat hokimligida to‘plandi” sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabarhttps://t.me/acchikhakikat/7054 bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida, maqolada ko‘rsatilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topib, “Qashqadaryo neft-gaz qurilish va ta’mirlash” AJ tomonidan 2021 yil
01 dekabr holatiga jami 220 nafar ishchi xodimlarga 435 000 000 (to‘rt yuz o‘ttiz besh million) so‘m mikdorida ish xaqlari to‘lab bermaganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga asosan, “Qashqadaryo neft-gaz qurilish va ta’mirlash” AJ boshqaruv raisiga jamiyat ishchi xodimlariga tegishli bo‘lgan oylik ish haqlarini to‘lab berishi bo‘yicha yozma ko‘rsatma kiritildi
Shuningdek, xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lashda Mehnat kodeksining 154,161-moddalari talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.