Qashqadaryo viloyatida ishsiz fuqarolarga qulayliklar yaratildi

03.04.2020

Davlatimiz rahbarining COVID-19 pandemiyasiga oid farmoni ijrosini amalga oshirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.

photo_2020-04-03_00-21-44

Hududda jamoat ishlarini tashkil etish jarayonining holati, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi fuqarolarga subsidiya berish tartibini amalga oshirish mexanizmlarini yaqindan o‘rgandi.

Joriy yilning aprel oyida Qashqadaryoda 5909 nafar ishsiz fuqaro joylarda tashkil etilgan osoyishtalik va dezinfeksiya ishlariga jalb etildi. Ularning 2 mingdan ortig‘ini mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga keta olmagan fuqaro yana shunchasini kam ta'minlangan oila a'zolari vakillari, mingdan ortig‘ini pandemiya sabab vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqaro, 1,5 mingga yaqinini turli toifadagi boshqa ishsiz fuqarolar tashkil qiladi.