“Qashqadaryo viloyati qurilishi bosh boshqarmasi ishchi xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilinayotganligi” to‘g‘risidagi xabarga rasmiy munosabat

25.05.2021

🌐Ijtimoiy tarmoqda “Qashqadaryo viloyati qurilishi bosh boshqarmasi ishchi xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilinayotganligi” to‘g‘risida xabar tarqaldi.

🔰 Mehnat inspeksiyasi ushbu holatni o‘rgandi. Qashqadaryo viloyati Qurilish bosh boshqarmasi xodimlari bo‘limi nozirining so‘zlariga ko‘ra, 3-4-5 may kunlari ertalab soat 8-00 dan 12-00 ga qadar xodimlar bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli hashar uchun sarflashgan, ammo, bu bo‘yicha biror bir rasmiy buyruq mavjud emas va xodimlarning yozma ravishda roziligi olinmagan.

📍Mazkur holatda Qashkadaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Sh.Qurbonov jami 8 nafar xodimlarini mehnat shartnomasida belgilab qo‘yilgan ish vaqtida Qarshi shahrida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarning atroflarini tozalash ishlariga jalb qilganligi aniqlanib, unga nisbatan O‘zbekistan Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.