Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari ustidan arz qilgan videotasvirlar yuzasidan munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Nishon tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari ustidan arz qilgan videotasvirlar tarqaldi.
Mazkur holat vazirlik tomonidan o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro U.Chorshanbiyev 5-aprel kuni soat 13.00 atrofida Nishon tumani ABKMga borgan. Unga ayni damda tushlik ekani, birozdan keyin xizmat ko‘rsatilishi aytilganiga qaramay, ortiqcha kutishni istamay markaz binosini videotasvirga tushirib, unga hyech kim e'tibor qilmayotgani qabilida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.
10 aprel kuni ABKMga takroran murojaat qilgan. Ayni damda U.Chorshanbiyev hamda uning turmush o‘rtog‘i ABKM tomonidan karantin va cheklov tadbirlari davomida haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan.