"Qashqadaryo viloyati Koson tuman Neft gaz quduqlarni sinash AJ xodimlari olti oydan buyon oyligini ololmay oila tebratib kelayotganligi" mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat
Itimoiy tarmoqdagi "Qashqadaryo viloyati Koson tuman Neft gaz quduqlarni sinash AJ xodimlari olti oydan buyon oyligini ololmay oila tebratib kelayotganligi" bayon qilingan xabar https://t.me/xalq_ovozi_01/15321 bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida “Koson Neft gaz quduqlarni sinash” AJ tomonidan xodimlarining oylik ish haqlari 2021-yil 1-sentyabrgacha to‘lab berilganligi ma’lum bo‘ldi. Biroq, sentyabr oyi uchun xodimlarga oylik ish haqlari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga asosan, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchiga xodimlarning to‘lanmay qolgan oylik ish haqlarini to‘lab berishi bo‘yicha yozma ko‘rsatma kiritildi hamda xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lashda Mehnat kodeksining 154,161-moddalari talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.