"Qashqadaryo viloyati Agroinspeksiya xodimlariga na bayram puli na ish haqlari berilmagan" mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

07.01.2022

Ijtimoiy tarmoqda 2021-yil 25-dekabr kuni "Qashqadaryo viloyati Agroinspeksiya xodimlariga na bayram puli na ish haqlari berilmagan" mazmunidagi xabar https://t.me/turon_24_7/4923 tarqalgan.

Mazkur holat Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiya tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma'lum bo'ldiki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan xodimlariga 2021-yil 27-dekabr kuni “Yangi yil bayrami” munosabati bilan mukofot pulini, 2022-yil 5-yanvar kuni 2021-yil dekabr oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqlarini toʻlab berilganligi aniqlandi.