“Qarshi shahridagi 23-sonli maktab o‘qituvchilarining majburiy mehnatga jalb etilayotgani” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat
07.02.2022
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Qarshi shahridagi 23-sonli maktab o‘qituvchilarining majburiy mehnatga jalb etilayotgani” mazmunidagi xabar https://t.me/Karimoffuz/4969 yuzasidan Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Vaziyatga aloqador xodimlardan tushuntirish xatlari olindi. Holat o‘z tasdig‘ini topib, O‘zbekiston Resublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq, ma’muriy bayyonnoma rasmiylashtirildi hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudiga yuborildi.