Qaror loyihasi

21.07.2023


 Ta’lim muassasalari bitiruvchilari va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish, ijtimoiy moslashuvini tizimli ravishda tashkil etish maqsadida, ularning bandlik holatini doimiy monitoring qilib borish tizimini joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Bunda, bitiruvchilar va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning bandlik holatini real vaqt rejimida aniqlash imkoniyatini yaratish nazarda tutilgan.

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga (https://regulation.gov.uz/oz/d/83062) “Aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirildi.

TAKLIF BERISH

(https://regulation.gov.uz/oz/d/83062)📆 Yakunlanish sanasi: 04/08/2023