Qoraqalpog‘istonda ham aholiga ko‘mak tariqasida loyihalar amalga oshirilmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida aprel oyida 422 nafar ishsiz va karantin va cheklovlar tufayli bandligi ta'minlanmagan fuqarolar “Obod qishloq”, Obod mahalla”, “Obod markaz” dasturlari orqali mahalla hududlarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, fermer xo‘jaliklari va korxonalarining buyurtmasi bilan dala ishlariga, shu jumladan irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini tozalash, ekin ekish uchun yer maydonlarini tayyorlash, yordamchi posbon, dezinfektorlik, yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj aholini parvarishlash, qurilish kabi qator jamoat ishlariga jalb etildi.
Mazkur ishlar uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 105 mln.so‘m mablag‘ ajratilgan.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi kooperativi uchun 20 gektarli yer ajratilib, 50 nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta'minlash uchun 111,5 mln. so‘m subsidiya Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan berildi.
Bundan tashqari 78 mln.so‘m subsidiya jamg‘arma hisobidan 35 ta kambag‘al oilaga yengil tipdagi issiqxona qurish, shaxsiy va dala tomorqasida ekishga urug‘lar va ko‘chatlar xarid qilish va sug‘orish vositalarini harid qilish uchun ajratildi.
Joriy yilning 17-aprel kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirlirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov mazkur tumanda bo‘lib, olib borilgan ishlarni o‘rgandi. Shuningdek, mavjud imkoniyatdan yanada samaraliroq foydalanish yuzasidan tavsiyalar berdi.