Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining yashash sharoitlari, qishga tayyorgarlik va obodonchilik ishlarini ko‘rish maqsadida 12-dekabr kuni Toshkent shahridagi mahallalarda bo‘ldi.

13.12.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining yashash sharoitlari, qishga tayyorgarlik va obodonchilik ishlarini ko‘rish maqsadida 12-dekabr kuni Toshkent shahridagi mahallalarda bo‘ldi.

Davlat rahbari Toshkent shahri va Uchtepa tumani mutasaddilari bilan muloqot qildi. Mahallalardagi yangi “yettilik” tizimi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy masalalarni aholi talabi asosida joylarning o‘zida hal etib, odamlarni rozi qilish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, issiqlik markazlari va tarmoqlardagi mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish, bino va xonadonlarga issiqlikni ta'minlash dolzarb vazifa ekanligi qayd etildi.