"Prezident farmoni Qashqadaryo avtoyo‘l (viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi) uchun ishlamaydimi?" mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

07.01.2022

Ijtimoiy tarmoqda "Prezident farmoni Qashqadaryo avtoyo‘l (viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi) uchun ishlamaydimi?" mazmunidagi xabar https://t.me/Otabek/4967 tarqalgan.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari o‘rganish olib bordi.

Natijalarga ko‘ra:
• Yakkabog‘ tumani YFUKning 28.12.2021 yildagi 339-sonli;
• Shahrisabz tumani YFUKning 29.12.2021 yildagi 389-sonli;
• Nishon tumani YFUKning 28.12.2021 yildagi 213-sonli;
• Kasbi tumani YFUKning 28.12.2021 yildagi 485-sonli;
• Muborak tumani YFUKning 29.12.2021 yildagi 149-sonli xatlar orqali berilgan ma’lumotlarida va Qashqadaryo viloyat AYXB boshqarmasida ham ish haqi va boshqa to‘lovlardan qarzdorlik mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.