PRESS-RELIZ “Eng yaxshi ish beruvchi” tanlovi

30.11.2023

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan “Eng yaxshi ish beruvchi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.   

Imkoniyati cheklangan shaxslarning bandligiga ko‘maklashib, ularni ishga joylashtirgan ish beruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bu yil ikkinchi bor o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi ish beruvchi” tanlovida 20 dan ortiq korxonalar qatnashgan.

Tanlovning so‘nggi bosqichida Hay’at a’zolari tomonidan tanlov Nizomi talablariga muvofiq 1 ta korxona eng yaxshi ish beruvchi sifatida g‘olib deb topildi.

Ma’lumot uchun aytish joiz,  “Eng yaxshi ish beruvchi” tanlovini har yili o‘tkazib borish Prezidentimizning 2021-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning
20-apreldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 203-son qarorida belgilab berilgan.

Tanlovda g‘olib deb topilgan korxona bazaviy hisoblash miqdorining 100 (yuz) barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Eng yaxshi ish beruvchi” tanlovi g‘olibiga mukofotlarni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari
Ra’no Turdiboeva
topshirdi.

 

Tadbirda Vazirlik va idoralar vakillari, tadbirkorlar, “Ishga marhamat” monomarkazi tinglovchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.