Poytaxtimizda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish” mavzusida ta'sis konferensiya bo'lib o'tdi
17.01.2024
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan delegatlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Unda mahalla tizimidagi o‘zgarishlar, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va obro‘sini oshirish borasidagi tashabbuslar, “mahalla yettiligi”ning faoliyat yo‘nalishlari xususida so‘z bordi.
Prezident farmon va qarorida belgilangan ustuvor vazifalar birma-bir tahlil qilinib, delegatlar mahalla tizimiga oid takliflari, tashabbuslarini bildirdi.
Delegatlar O‘zbekiston mahallalari uyushmasining raisi lavozimiga Quranboyev Qahramon Qo‘chqorovich nomzodini bir ovozdan ma’qulladi.